Qabrga yodgorlik qo‘yish

Assalomu alaykum! Yoshligimda kattalardan odam tuprokdan yaratilgan, olamdan utgandan keyin yana tuprokka kaytadi, shuning uchun kabrga marmar toshdan yodgorlik yoki boshka, masalan pishiq g‘ishtdan qilingan yodgorlik xamda o‘tgan insonni rasmlarini qo‘yish mumkin emas deb eshitgandim. Xozirgi vaqtda qabristonlarda yodgorlik qo‘yilmagan qabrlar deyarli yo‘q. Men ota-onamning qabrlarini loy suvoq qilib suvattirib qo‘ygan edim(olovda pishgan jismni xam qo‘yish mumkin emas deb eshitganman). Gapning ochig‘i atrofdagi qabrlarga qaraganda ota-onamning qabrlari juda xarob xolda, o‘tlar o‘sib ketgan xolda turibdi. Agar iloji bo‘lsa menga maslaxat bersangizlar, men xam ota-onamning qabrlariga marmardan yodgorlik qo‘yolmasam-da, xech bo‘lmasa pishiq g‘ishtdan atroflarini o‘rab o‘qysam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. O‘sha tabiiy o‘tlar o‘sib turishi foydali. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:38 | Savol-javoblar | 177 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar