Inson o‘z dadasini to‘g‘ri yo‘lga solsa bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Gapni nimadan boshlashgayam xayronman ustoz. Xullas Dadam bilan oyimning munosabatlari deyarli turmush qurganlaridan beri judayam yomon. Dadam o‘z ayolini qadriga etmaydigan inson. Kuch quvvati borki zinodan qaytmaydi. Yoshi 56 da. Oyimni doimo xaqoratlaydi bizni oldimizdayam. Bizgayam qattiq gapiradi. Oyimga kulib, yaxshi kurib gapirganini bilmaydan. Oyim bizni deb chidab kelyabdi. Dadam doimo telefonda kim bilandir gaplashadi, sevgi izxorlar qiladi.Ayollar bilan xam zino qilib yuradi. Oyimga o‘lim tilagan paytlari bo‘lgan, xozir xam bor. Xudoyimgayam ko‘p shirk keltiradi, ichadi, namoz o‘qimaydi. Oldin bitta ayol bilan xam yashab yurgan ekan kichkinaligimizda. Oyim juda kup ushlab olgan. Oyim bo‘ldi jonimdan to‘ydim ajrashaman deyapti. Endi o‘zim uchun yashayman, endi dadangga keragim yo‘q degan qarorga kelgan. Men kenja farzandman. Besh vaqt namoz o‘qiyman. Oyimga judayam raxmim keladi. Dadamga aql o‘rgatolmaymiz. Chunki u bizni otamiz. Oq bo‘lishdan qo‘rqaman. Shunga dadamni to‘g‘ri yo‘lga boshlashni biror iloji bormi, unga oq bo‘lmasdan. Dadamni 2 ta opasi va ukalari bor. Ulardan najot yo‘q baribir. Dadasiyam bor lekin dadamdan battar odam dadasi. Shunga bir yo‘l ko‘rsating iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz otangizni ishiga aralashmang, nima bo‘lsa ham hurmati va itoatida bo‘ling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:38 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz otangizni ishiga aralashmang, nima bo‘lsa ham hurmati va itoatida bo‘ling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:38 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush