Yara va tahorat
Assalomu alaykum! Qo‘limni chig‘anog‘dan pasti shilinib ketgandi 3 4 kundan beri leykoplastir yopishtirib tahorat qilyapman lekin hech tuzalmayapti qo‘lim.Birinchidan lekoplastir yaraga yaxshi yopishmayapti chig‘anoq bukilganda lekoplastir chiqib ketyapti, ikkinchidan lekoplastir ichiga suv kirib ketyapti lekoplastir yaxshi yopishmagani uchun.Namoz o‘qib bo‘lib qarasam yara yiringga o‘xshash suvga aylanib qolyapti shuning uchun yara qotmayapti, agar suv kirmasa balki qotib ketar.Shu holatda nima qilay? Betahorat namoz o‘qib qo‘ymayapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shifokorga murojaat qiling. Agar yara ochiq turishi kerak va unga suv tekkazish tuzalishini ortga suradigan bo‘lsa, tahoratda yaraning atrofini yuvib o‘zini yuvmasangiz bo‘ladi. Agar yarani bog‘lanadigan bo‘lsa, tahoratda qo‘lingizni bog‘langan joyida qolganini yuvib, o‘sha bog‘langan matoning ustidan mash tortib qo‘yasangiz kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:38 | Savol-javoblar | 156 | Tahorat