Islomiy ko‘rsatuvda yolg‘on

Assalomu alaykum! Hozirda ko‘p obunachilarga ega Azon tv kanali bor, unda har xil ko‘rsatuvlar yo‘lga qo‘yilyabdi va xalqga manfaatli, ilm olish uchun, xordiq chiqarish uchun ko‘p ko‘rsatuvlar yo‘lga qo‘yilgan. Lekin "ekspriment" ko‘rsatuvi bor u erda boshlovchi juda ko‘p yolg‘on gapiradi, masalan yo‘lovchilarga yaqinda namoz o‘qishni boshladim peshin namozi qanaqa tartibda o‘qiladi etvoring deydi, masjid oldisa sigaret chakmoqchi bo‘lib go‘gurt so‘raydi (o‘zini chakadigan inson qilib ko‘rsatib) yoki o‘zini nogironlikga solib odamlar yordam beradimi yo‘qmi tekshiradi, va juda chuqur yolg‘onlar juda ko‘p kelgan sonlari bor, Payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V hazilda ham yolg‘on qo‘shib gaprmas edilar. Bu ko‘rsatuv asosan ilmsizlardan dindan uzoqda bo‘lganlardan olinadi, va ular bu ko‘rsatuvni ko‘rsalar barcha taqvolilar shunday deb yanada dindan sovib qolmaydimi deb oylayman, bu ko‘rsatuv joizmi ? Agar joiz bo‘lmasa Azon Tv bilan bog‘lanib shu ko‘rsatuvni o‘zgartirishligini so‘rab qolishingizni iltimos qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jamoaning o‘zlariga murojaat qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 150 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar