Vijdon azobida o‘zni o‘ldirish
Assalomu alaykum! 1 oylik farzandim jigarbandim Allohdan so‘rab olgan nuridiydam mening beparvoligim uchun olamdan o‘tdi. Endi esa xar kuni bir o‘lib tirilaman. O‘zimni jonimga suiqasd qilmoqchiman chunki vijdonim azobidan faqat shu yo‘l bilan qutulmoqchiman. lekin yana 2 ta farzandim xam bor ularni o‘ylab 2 o‘t orasidaman. Farzandimni jannat axlidan bo‘ladi diyishdi qiyomatda onasini jannatga kirishini Allohdan so‘raydi diyishdi, lekin men u mendan norozi bo‘lib ketti dib o‘yladim, atiylabdan bo‘lmasa xam baribir o‘limida mening axmoqligimni o‘rni bor nima qilay judayam ezilib kettim ko‘z yoshlarim to‘xtamayapti naxotki bu dune shunchalik azobga to‘la qanday qutulay bu azoblardan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘z joningizga qasd qilsangiz o‘zingizning oxiratingizni kuydirasiz. Farzandingizni ham, boshqalarni ham halok qilasiz. Bunday holatlarda musulmon kishi og‘ishmay shariatga amal qiladi va quyidagi hadisning bashoratidan umid qiladi.عن مُعاذِ بنِ جبلٍ رضيَ اللهُ عنه عن النبيِّ صلَّى اللهُ عليهِ وسلم قالَ : وَالَّذِيْ نَفْسِيْ بِيَدِهِ إِنَّ السِّقْطَ لَيَجُرُّ أُمَّهُ بِسَرَرِهِ إِلَىْ الجَنَّةِ إِذَا احْتَسَبَتْهُ. رواه ابن ماجه Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, siqt(nobud bo‘lgan homila) kindigi bilan onasini jannatga tortib kiradi. (Onasi bola vafot qilgan vaqtida uning) savobini umid qilsa” dedilar".
Ibn Moja rivoyati. قال النووي رحمهُ الله : موتُ الواحدِ من الأولادِ حجابٌ منَ النار ، وكذا السقطُ Imom Navaiy rahmatullohi alayh:
“Farzandlardan birortasining vafoti (ota-ona uchun) do‘zaxdan to‘siqdir. Shuningdek tug‘ilmay nobud bo‘lgan homila ham” deganlar.
Imom Termiziy Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom:
«Alloh taolo «Ey o‘lim farishtasi, sen bandamning farzandining – ko‘zining qorachig‘ining, qalbining samarasining jonini oldingmi?» deydi. Farishta «Ha», deydi. Alloh «U nima dedi?» deb so‘raydi. Farishta «Senga hamd va istirjo aytdi», deydi. Shunda Alloh taolo «Jannatda unga bir uy bino qilinglar va «Hamd uyi» deb nomlanglar», deydi», deganlar.
Boshqa bir hadisi sharifda Payg‘ambarimiz alayhissalom:
«Birortangizning oyoq kiyimining ipi uzilsa ham istirjo aytsin», deydilar.
Demak, inson kattayu kichik har bir ko‘ngilsiz hodisada – ko‘zining qorachig‘i, jigarbandi – bolasi o‘lganda ham, oyoq kiyimining ipi uzilganda ham sabr qilishi kerak. Musibat etgandan keyin darhol istirjo‘ aytib, sabr qilish, «Hamma narsa Allohniki va bari Allohga qaytadi», degan e’tiqodni mahkam tutish kerak. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar