Xovuz suvi

Assalomu alaykum! Man issiq yurtlardan birida kvartirada oilam bilan yashiman. Kvartira ochiq veranda-balkon bor. Shu balkonga xali 2 yoshga to‘lmagan qizcham uchun naduvnoy basseyn olib berdim. Basseyn diametr 1.6metr/ bo‘yiga 1/3 metr atrofida va 100 litr atrofida suv oladi. Xar kuni suvni almashtirib turamiz. Qizim cho‘milvotgan paytda yozilib qo‘ysa yoki yozilib qo‘ydi deb gumon qilsam yoki yozilib qo‘yganini bilsam nima qilishim kere. Suvni xar gal almashtirish iloji yo‘q va 100 litr suvni balkondan chiqarib yuborish xam qiyin. Endi qizim balkonda yursa maylin lekin bir xillarida yugurib zalga kiradi va sochi uzun bo‘lganin uchun sochi va badanidan zalda gilamga suv oqadi, xamma xonalarga yugurib ketib qoganidan xammayoqda nam oyoq izlari bo‘ladi. Savolim: 1. Shu xonada namoz o‘qish xukmi qanaqa? 2. Gilamdagi namlarni xar gal qancha miqdor suv bilan yuvib tozalashim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar najosat aralashgani aniq bo‘lmasa shubhalanishga hojat yo‘q. Najosat aralashgani aniq bo‘lsa cho‘milib chiqqanidan keyin ustidan bir dush qilib yuborilsa pok bo‘ladi. Gilamni poklash masalasi sal murakkabroq. Fiqh kitoblarida shunday deyilgan:
"Gilam ustidan bir kecha suv oqizish bilan pok bo‘ladi".
Kunduzi bo‘lsa ham hechqisi yo‘q. Muhimi – muddat. Shunday qilinsa, gilamdagi najosat qolmaydi. ("Kifoya" kitobidan). Shuning uchun imkon darajasida 3 marta suv quyib yuvib, gilamga joynamoz yoki pok mato solib namoz o‘qilsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 173 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar