Taloq haqidagi savollarim

Assalamu alaykum! 1. Men turmush o‘rtog‘im bilan nikohlanishimizdan oldin menga nomahram bo‘la turib "agar bundan keyin ro‘molingni echsang taloqsan" deganlar. Nikohimizni bu so‘zni aytganlaridan 2-3 soat o‘tib keyin o‘qitganmiz to‘yimiz esa 17 kundan keyin bo‘lgan. Men to‘ygacha qizlik uyimda yuvinish uchun, uhlash uchun va bazida ko‘chaga chiqqanda ro‘molimni echar edim. Bu holatda ro‘molimni echganim uchun taloq tushadimi. Axir u so‘zni aytayotkanlarida menga nomahram bo‘lganlar nikohimiz yo‘q edi? 2. Alhamdulillah juda yaxshi er-hotinmiz bir birimizni yaxshi ko‘ramiz hazil huzul qilib quvnoq yashaymiz. Ba’zida hazillashib kulib "ketsang ketaver bolani tashab ket" deb kuladilar (jiddi aytmaydilar hecham). O‘zlaridan qaysi niyyatda aytasiz ichizda taloqi niyyat qilmaysizmi deb so‘rasam "bo‘lar bo‘mas hayollar bilan boshimni qotirma onasi" dedilar. Shunday hazil huzul qilib gaplashsak taloq tushib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tushmagan.2). Bu masalada hazillashmaslik kerak. Niyatiga bog‘liq. Taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushadi. Niyati taloq bo‘lmasa tushmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:51 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar