G‘usl vojibmidi?

Assalomu alaykum! 2 kun oldin tushimda extilomni xam uyg‘onganimda namlikni xam ko‘rmadim, bavl qilayotganimda bir oz qisilib achishish bilan keldi buni zarari yo‘qmi yoki g‘usl vojibmidi? Maniy kelsa bribir otilib chiqish kerak edi(endi xech xayolimdan ketmayapti bu vasvasami deb o‘ylab qoldim). 2. Shu orada 4 kishilik jamoatga xam imomlikka o‘tgan edim(ularni yoshi katta kishilar) ularga qazosini o‘qib oling desam malollanib qolishligi mumkun. Ularga qanday tushuntirsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo o‘sha chiqqan narsani nimaligini bilish kerak. Agar bunaqa holat ko‘p bo‘layotgan bo‘lsa o‘sha narsani analiz qilib tekshirib ko‘rish kerak. Tush ham bo‘lmasa turganda namlik ham bo‘lmasa ich kiyimni tekshirsa unda ham bo‘lmasa g‘usl vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar