Divali bayrami
Assalomu alaykum! Ustozlar, man xozirda chet eldaman. Ishxonada pokistonlik musulmonlar bilan birga ishlayman. Yonimizdagi do‘konda hindlar ishlardi, ularda divali bayrami bo‘ldi. Shunda bizga xar xil shirinliklar olib chiqishdi, shunda pokistonlik sheriklarim ularga “biz musulmonmiz sizlarni bayramingizdan kelgan narsalarni emaymiz” deb ularni ko‘z o‘ngida shirinliklarni axlatga tashlab yuborishdi. Shunda hindlar indamasdan xafa bo‘lib chiqib ketishdi. Man sheriklarimga “ko‘ngil uchun xam olish kerak edi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni g‘ayri dinlar go‘shtli ta’omga taklif qilishganda eganlar” dedim. Shunda ular baribir tushunmadi. Bu holatda kim xaq? Mani gapim to‘g‘ri edimi yoki pokistonliklar to‘g‘ri ish qilishdimi? Agar yana shunday xolatlar bo‘lsa nima qilay nasixat qiling ustozlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Pokistonliklar to‘g‘ri aytishibdi, lekin to‘g‘ri ish qilishmabdi. Musulmon shaxs muomalasi bilan boshqa odamlarga ibrat bo‘lishi lozim. Ularni ko‘z o‘ngida bunday qilishlari yaxshi emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam egan taomga kelsak, u ahli kitoblarning taomi bo‘lgan. Musulmon bo‘lmagan kishilarning diniy marosimlarga bog‘lanmagan asli halol bo‘lgan mahsulotlarini ist’emol qilish joiz. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 12:36 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom