Maxluqot so‘zi

Assalomu alaykum! Ustozlar, “Insonlar va jonzodlar Allohning maxluqlari” deb atalar ekan. Shu jumladan “Maxluqot” so‘zi farishtalar va payg‘ambarlarni ham o‘z ichiga oladimi? Xususan Muhammad sollallohu alayhi vasallamni?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Xoliq”(Yaratuvchi) Undan boshqa barchasi maxluq(yaratilgan)dir. Hozirgi kunimizga kelib, odamlar orasida “maxluqot” so‘zi boshqa ma’noda tushuniladigan bo‘lib qolgan. Aslida esa arab tilida Allohdan o‘zga barcha narsa Allohning yaratganlari “maxluq” deyiladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar