O‘qituvchilar kuni

Assalomu alaykum! Ustozlar sizlarni "Ustozlar va murabbiylar kuni" bilan mubarakbod etaman. Ilmsizligim tufayli berayotgan savollarimizga labbay deb javob berayotganingizdan Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. O‘zi madadkor bo‘lsin, ajrlarini ko‘paytirib bersin. Aslida sizlarni, bir kun emas har kuni tabriklashga loyiqsizlar. Yomon ko‘zlardan o‘z panohida asrasin. Duolaringizda biz faqirlarni ham eslab qo‘ysangizlar. Ustozlar yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh barchamizni dunyo va oxirat yomonliklaridan omonda qilsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:17 | Savol-javoblar | 149 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar