Ota onam gunohlarini bo‘ynimga olsam
Assalomu alaykum! Ota-onamning nimayki gunohi, shu paytkachay qilgan-qiladigan gunohlari bo‘lsa barcha gunohini menga yozishini va meni tug‘ilishimdan to vafot etgunimgacha qilgan, qiladigan savob amallarimni Ota-onamga bo‘lib berishini Allohdan so‘rasam bo‘ladimi? Men shunda Ota-onamning barcha gunohini o‘zimga yozilishini so‘rasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haddingizdan oshmang. Siz oxiratdagi gunohlarga beriladigan azobni engil fahmlaysiz shekilli. Odam o‘zini haddini bilishi kerak. Siz oxirat azoblarini hazil yoki engil faxmlamang. Oxiratdagi holat haqida Alloh taolo “Abasa” surasida marhamat qiladi.يَوْمَ يَفِرُّ الْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ وَأُمِّهِ وَأَبِيهِ وَصَاحِبَتِهِ وَبَنِيهِ34. U Kunda kishi o‘z aka-ukasidan qochadir…
35. va onasi va otasidan…
36. va xotini va bola-chaqasidan.
Ya’ni qiyomatning dahshatidan hamma o‘zi bilan ovora bo‘lib qoladi. Hatto hech kimning aka-ukasi, ota-onasi va xotiniyu bola-chaqasi bilan ham ishi bo‘lmay qoladi.
Bu dunyoda inson boshiga og‘irlik tushgan xotini, bola-chaqasi, ota-onasi va aka-ukasiga yordamga shoshiladi. Mazkur kishilarga kattadir-kichikdir musibat etganda, yordam berish burch, yordam bermaslik esa or-nomus hisoblanadi. Ammo qiyomat qiyinchiligida esa inson mazkur kishilarni ham tashlab qochadi.Qolaversa “An’om” surasi 164-oyatida quyidagicha marhamat qiladi :قُلْ أَغَيْرَ اللّهِ أَبْغِي رَبًّا وَهُوَ رَبُّ كُلِّ شَيْءٍ وَلاَ تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلاَّ عَلَيْهَا وَلاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى ثُمَّ إِلَى رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ...Hech bir yukli(gunohkor) jon boshqaning yuki(gunohi)ni ko‘tarmas(zimmasiga ololmaydi). So‘ngra qaytishingiz Robbingizgadir. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringizning xabarini berur. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 148 | Duolar