Mo‘yi muborak
Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz salAllohu alayhi vassallamning mo‘ylari qanchalar muborak sanaladi, u mo‘yni haqiqiy ekanligi ma’lum bo‘lsa o‘rtaga olib odamlar atrofiga yig‘ilib salovatxonlik qilishlari joizmi? 2. Yana Farg‘onada shunaqa ziyoratgoh bor ekan lekin mo‘yi muborak deb atalgan bu joylarda shirku bidatlar to‘la, masalan u erdan allaqachon u zot s.a.vlamning mo‘ylari yo‘qolgan ekan, lekin ayollar uer tuprog‘iyu zinalariga bosh urib,peshonalarini qo‘yib kirishar ekan muborak joylar deb, ancha yillik tutlariga borib niyat aytib latta bog‘lashar ekan bu shirkku to‘grimi. Savolim shunaqa joylarni masjidlarga aylantirish to‘g‘riroq emasmi? Axir xalq nimalarga ishonishyapti.Va yana bir savolim nega o‘sha erning ziyoli qatlami ilm axli bunga ko‘z yumishyapti niyatlarni bajo qilish bir necha yillik tutni vazifasi emasku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar haqiqiy sanad bilan kelgan bo‘lsa, shak-shubhasiz muborak bo‘ladi.2). To‘g‘ri o‘ylabsiz. Shu taklifingizni O‘zbekiston Musulmonlari idorasining muslim.uz saytiga bering. Chunki bu kabi ziyoratgohlardagi shirkni yo‘qotib o‘rniga masjid qurish masalalarni hal qilish, O‘zbekiston Musulmonlari idorasining vakolatiga kiradi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 23:17 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar