Duodagi vasvasa

Assalomu alaykum! Bir savolni o‘qib qolgandim kecha, bir kishi ishi yurishmayotgani uchun qanday yo‘l tutishini so‘ragan adashmasam, men ham dunyoviy narsalarni Allohdan so‘rayversam bo‘ladmi tartibi qanday, (ilmsizligim orqali tushinmagan joyim : shubha qimaslik kerak ekan, ya’ni hohlasang ber demasdan so‘rash kerak ekan, meni Alloh hohlashi bilan nimadir narsani so‘rash tartibini yaxshi farqlay olmayapman, In shaa Alloh deganini ishlatib yuraman deyarli har doim, hech bo‘lmaganda nasib, nasib qilsa, Xudo hohlasa deyman). Ilmim yo‘qligi uchun shum niyatlikka qarab ketyabman ba’zida. Yanayam bilmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahobai kiromlar taomiga soladigan tuzini ham Alloh taolodan so‘raganlar. Allohim tuzni nasib qilgin – deb. Qolganini qo‘yavering. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 128 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar