Uydan chiqib ketaymi?

Assalomu alaykum! Oilada 3 o‘g‘ilmiz, dadam, akam va men ishlaymiz. Ayam go‘zallik saloni ochishgan, deyarli 10 yildan beri. Bu pul xalol emasligini tushuntira olmayotgan edik. Xozir xalol emasligini tushunishgan lekin, uyda o‘tirmayman, ferma qilib keyin salonni yopaman deyishyapti. Akam va men uylanishimiz uchun qurilish bo‘lyapti. Salonni pulini xech bulmaganda oziq-ovqat uchun ishlatmaslikka ko‘ndirdik ota-onamizni. Dadamning topganlari deyarli oziq ovqatga ketadi. Akamni xam ishlari yaxshi emas xozircha. Men xam oylikka ishlayman. Bizning pullarimiz uy ro‘zg‘orga va o‘qishga ketib qolyapti. Aka-ukalar xammamiz Arab tilini urganyapmiz. Ayamni pullari esa tuplanib kolyapti va dadam kurilishga sarflab kuyishyabdi. Sizlarni uylantirish kerak deb. Bazida pullari kolmasa uyga ayamni pullaridan ishlatishyabdi ekan, keyin berib kuyaman deb. Xullas, kurilayotgan uylarga salon puli katta mikdorda aralashyapti. Savol 1: salonni puliga kelgan taomlarni emayman deyishim to‘g‘rimi? Oyligimni yarmini ayamga beramiz xar oy. Savol 2: uydan chikib ketaymi? Yoki salon yoptlgach InshaAlloh, evazini ayamga bersak u uyga kirish xalol buladimi? Xozirda kirishimizchi? Uylarning akfa romlari ayamni pullariga kelgan xolos kup xonalarda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chamalab ko‘ring, agar sizlarning halol mablag‘ingiz bilan asosan taomga etadigani taminlansa, eyavering. Chiqib ketmang, ularga chiroyli muomala qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar