Qarz berishda qo‘shib berish
Assalomu alaykum! Bir qo‘shnimdan 600$qarz olganman.1 haftada qaytarib berish sharti bilan lekin 1 haftada bera olmadim. Har 3 kunda qarzini so‘rayverdi. Sotiladigan erimiz boridi, erimizni sotsak pulizni 700$ qilib beraman so‘ramasdan tursez didim. Sabr qilib so‘ramasdan turganizga minnatdorchilik sifadida dedim. Keyin 2 haftadan keyin chiqib qurulish boshladik pulimni berila dedi. Hozir pulimiz yo‘q uyimizda qurilishga ketadigan hom ashyo bor o‘shandan ishlatib turila keyin ogan qarzimizdan minus qilamiz didim. Qo‘shnim rozi bo‘ldi. Erimiz sotildi Alhamdulilax. Endi qo‘shnimga 600$ beramanmi yoki 700$?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz 700 qilib beraman deganingiz noto‘g‘ri bo‘lgan. 600ni berasiz xolos. Ortiqcha bersangiz sudxo‘rlik bo‘ladi. Berganga ham, olganga ham harom. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 23:49 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar