Birovni xotinini yo‘ldan urish

Assalomu alaykum! Bir tanishim bir eri bor ayol bilan diniy suhbatlar qiladi. Uning takidlashicha islom yo‘liga boshlayotgan ekan. Yaxshigina diniy ilmga ega. Ammo gaplashishiga etibor bersam ushbu tanishim dindan foydalanib u ayolni yo‘ldan uryabdi. U ayol eridan talog‘ini olib ushbu tanishimga ikkinchi xotin bo‘lib tegish niyatida ekan. Tanishimni qancha qaytarsam ham unamyabdi. Ayolni o‘zi qo‘ymyabdi meni nikohingizga oling deb javob qaytaradi. Tanishimning bu ishi diniy nuqtai nazardan jirkanch ish emasmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim birovning xotinini eridan aynitsa bizdan emas” deganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuz o‘girsalar holingizni kim bo‘lishini o‘ylab qo‘yavering. Tezda tavba qilib bu ishlarini yig‘ishtirsin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 185 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar