Shunday go‘sht halolmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, men bundan 2 yil oldin Rossiyaga safar qilganimda u erda “Danar proizvotstvo” degan zavodga bordim. U erda ko‘p o‘zbek hamshaharlarim bor edi, u erga tayyor so‘yilgan mol go‘shti kelar ekan. O‘sha go‘shtdan zavodni magaziniga chiqarib, keyin sotib olishar ekan. Men u erga yana borish arafasidaman, ular bilan shartnoma qilib o‘z yurtimda ish boshlamoqchiman. Menda bir savol paydo bo‘ldi u erga kelayotgan go‘shtni so‘ygan qassob musulmon emas albatta, biz u (mol va tovuq go‘shtlari)dan tanavvul qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:28 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar