Namozni erkaklardan oldin o‘qishi
Assalomu alaykum! Onam hanafiy mazhabiga ko‘ra quyoshning holatiga ko‘ra namoz o‘qiydilar. Jadvalga qaramaydilar. Xuftonga juda charchab qolyabman sal avvalroq o‘qib uxlab qolyabman dedilar. Buni noto‘g‘riligini, erkaklardan avval va teng namoz o‘qilmasligini aksincha jadvalda ko‘rsatilgan vaqtidan 10 15 minutcha keyinroq o‘qilishini tushuntirishga harakat qilganim sari onamni jahllari chiqib dalil so‘raganlarida hech narsa deyolmadim. Balki o‘zim xato gapirdimmikin. Chunki erim aytilgan vaqtidan 10 minutcha kechroq O‘qing deb. Onajonimni hafa qilishni hohlamasdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “erkaklardan avval va teng namoz o‘qilmasin” degan gap shariatimizda yo‘q. To‘g‘ri taqvim sotib olib bering va o‘sha taqvimdagi namoz vaqtlari kirsa o‘qishlari mumkin. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 175 | Namoz