Otamdan keyin ukamlarimni tarbiyasi buzilyapti

Assalomu alaykum! Otam Kovid sababli olamdan otdilar (Joylari Jannatda bo‘lsin) Bizaga yaxshi tarbiya bergala Alxamdulillax Lekin Otamdan keyin xammasi o‘zgardi. Ukalarim tarbiyasi buzildi ko‘yni sinmasin deb xamma narsa qiberala Onam. Xamma sharoit bor, lekin bir birimizga mexr oqibat yo‘q. Urshib janjalashvuradi ukalarim. 16-15 yosh, Onamlani asablari qomadi xar xil yomon so‘zlar chiqadi og‘zidan Nomoz o‘qigin desala xop db o‘qimidi yoki o‘qigande bo‘lib xonada o‘tirib chiqadi. Otam borlilarida Bomdod xamma nomozga shoshiltirardila Masjida o‘qimiz deb. Arab tilini bilishadi Yana o‘rganvursin deb berdila Arab tiliga barbir shu axvol nima qilishi bilmayamiz yordam berila.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarbiya beradigan odam hamma narsada o‘rnak bo‘lishi kerak. Siz otangizdan keyin ukalaringizga ota maqomidasiz. Hamma ishda otangiz kabi o‘rnak, o‘zingiz amal qiladigan bo‘lishingiz kerak. Shunda Allohning izni ila aytganlaringizga ukalaringiz ham amal qilishadi. Alloh otangizni rahmat qilsin! Sizlarni ularga munosib farzand bo‘lishingizni nasib qilsin! Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 150 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar