Tasbex aytib uni sotish

Assalomu alaykum! Men xam bilmagan narsalarimni sizlardan o‘rganyapman. Bir kishi zikrlarni aytib 30000ta bo‘lganda biror yaqini vafot etgan odamlarga sotaman dedi. O‘zlari kelib pulga olib ketadi dedi. Tovba shunaqasiyam bo‘ladimi? Sizlardan so‘rab bilib olishni maqul ko‘rdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Bunday niyatda qilingan amalga savob yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 192 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar