Qarz va boshqa masalalar bo‘yicha savol

Assalomu alaykum! 1. Qarz berish bo‘yicha savolim bor edi, ko‘pincha plastik kartamda oz miqdorda pul bo‘ladi masalan 30 40 ming so‘m, bazida tanishlarim menga telefon qilib plastigingda pul bo‘lsa telnomerimga paynet qilib yubor deb aytadi, men plastigimda pul bor desam o‘zimga kerak undagi pul, plastigimda pul yo‘q desam yolg‘on gapirgan bo‘laman, agar hop deb telnomeriga paynet qilsam tanishimni esidan chiqib pulni bermaydi vaholanki men o‘zim kam bolsa ham shu pulga extiyojim bor bo‘lgani uchun u pul esimdan chiqmaydi vos kechib ketolmay eslab yuraman bermadi deb, agar shu pulni ber desam uzi kam pul so‘rashga noqulay bo‘ladi shunaqa holatlarda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? 2. Yolg‘iz namozxon maslan ochiq joyda oldiga sutra qo‘ymasdan namoz o‘qiyotganda qancha masofadan uning oldidan kesib o‘tsa bo‘ladi? Masalan men namoz o‘qiyabman oldimda sutra yo‘q meni oldimdan bir kishi 5 metr naridan kesib o‘tdi shu mumkinmi yoki 10 metrlardan kesib o‘tish kerak edimi? 3. Taxorat qilayotganda og‘iz g‘arg‘ara qilinadimi yo‘qmi? 4. Ishxonamizda 8 ta ishchi bor, arxitektormiz kamputerda chizma chizamiz, ishxonada namoz o‘qishga sharoit bor, taxorat qilishga ham 70% lar sharoit bor, ammo bitta men 5 vaqt namoz o‘qiyman qolgan 1 2 kishi faqat bomdod o‘qiydi, ishxonadagilarni 5 vaqt namoz o‘qishga ich ichidan hoxish bor biz ham uqishimiz kerak deb aytib qoladi bazida, hullas savolim shuki men ularni qanday qilib 5 vaqt namozga targ‘ib qilishni chorlashni bilmayabman men ulardan yoshim kichik ularga namoz uqinglar desam huddi kichkina bb aql orgatyabsanmi deganday his qilaman o‘zimni shuning uchun indamayman, shunga qandaydir kitobmii yo videoro‘likmi tavsiya qilsangiz men uni o‘qib yo ko‘rib hamkasblarimni do‘stlarimni atrofimdagilarni namozga chorlay targ‘ib qilay.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qarz berishga majbur emassiz. Qarz olib so‘ngra qaytarmaslikni o‘ziga odat qilib olganlarga ochiqchasiga “ortiqcha pulim yo‘q” deng.2). Sahro kabi kenglik joyda bo‘lsa sajdagohiga nazarini qaratib turganida uning ko‘ziga tushmaydigan uzoqlikdan o‘tsa bo‘ladi. Katta masjid ichida namoz o‘qiyotgan bo‘lsa unda ham shunday. Masjid kichik bo‘lsa yoki kenglik joyda bo‘lmasa o‘tishi mumkin emas. Shunga ko‘ra 5-10 metrdan o‘tsa zarari yo‘q. 3). Tahoratda burunga va og‘izga suv olib ularni chayishda mubolag‘a qilish sunnat. Og‘izni chayishda bu amal g‘arg‘ara ila amalga oshadi.4). “Mo‘minning me’roji” kitobini hadya qilsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Noyabr 2023, 08:30 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar