Kripvalyuta

Assalomu alaykum! Men onlayn ishda ishlayman ya’ni men invistitsiya kiritaman ( masalan 800 ming) bir yil osha pul kompaniyada koladi shuni evaziga menga xar kuni vazifa beradi va men u vazifalarni ya’ni 5 ta vazifani bajaraman topgan pullarimni echib olishga kelganda (invistitsiyada xam) esa krip.valyutaga otkazib keyin uni sotib keyin xisobimga tushirishim mumkin Togridan togri pul tushirib bolmaydi Mana shu pullarni chikarib esam lukmamga shubxa yoki xarom arashmaydimi ya’ni krip.valyutadan oldi berdi kilish menga zarar emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz “investitsiya” deb atayotgan kelishuv aslida unday bo‘lmasligi mumkin. Aynan qanday ishga qanday shartlar bilan pul tikishingizni yozing. Kriptovalyutalar bilan muomalaga ruxsat berilmagan. Vallohu a’lam!

31 Oktabr 2022, 10:22 | Savol-javoblar | 345 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar