Dunyoga uch taloq qo‘yish

Assalomu alaykum! Bir g‘alati gaplar eshitib qoldim. Dunyoga 3 taloq qo‘ygan insonlar bo‘lar ekan. Eshitib ajablandim. U nima degani. U insonga har qanday ayol olish harom hisoblanadimi keyin? Agar shu gapni aytgan inson bo‘lsa bir umr bo‘ydoq o‘tishga majbur bo‘ladimi? O‘zi shunday taloq qo‘yish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu majoziy gap bo‘lib, uch taloq qo‘ygan inson bilan ayoli o‘rtasida yashashga yo‘l qolmaganidek, bu odam ham dunyo va uning chalg‘ituvchi narsalarin butunlay tark qildim degan ma’noda aytiladigan gap. Shu ma’noda aytilganda ayoli bilan o‘rtasidagi nikohiga aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar