Voqea surasini har kuni kechasi o‘qigim keladi

Voqea surasini har kuni kechasi o‘qigim keladi. Shunaqa qilaman desam, tog‘am “unaqa qilma” demoqdalar. Har kuni o‘qisam farz bo‘lib qolarkan. Agar har kuni o‘qishni boshlaganimdan keyin bir kun qasddan o‘qimasam gunoh yozilarkan. Tog‘amning aytgan gaplari ko‘p ibodatlardan to‘sib qo‘yadi. Iltimos, shu mavzuni tushuntirib bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tog‘angizning gapini qilmang. Qo‘lingizdan kelganini qilib, taqvoda bardavom bo‘lavering.

29 Aprel 2022, 15:04 | Savol-javoblar | 168 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar