Oylikdan exson

Assalomu alaykum! Misol uchun 1.000.000 oylik olsam shu pulni qanchasini exson va sadaqa qilsam yashi bo‘ladi? Va shu ajratilgan sadaqa exson pulini Ota Onamga va ayolim farzadlarimga uy rasxodlariga ishlatasam bo‘ladimi? Chunki shu insonlarni boqish mani farzim deb eshitkanman va shu farz sadaqa va exsonga kiradimi? Yoki shu ajratilgan pulni opa singil, aka uka, amma hola, amaki tog‘a, va begona insonlarga yoki masjidga va hayriya ishlariga berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-ona va oilani nafaqasi zimmangizda farz ularga qilgan harajat shu farzni ado qilish bo‘ladi uni sadaqa ehson demang. Ehsonlarni boshqa savolda zikr qilingan yaqinlarga qilsangiz ikki hissa savob bo‘ladi biri ehson ikkinchisi silai rahm. Ehsonni ehtiyojingizdan ortib qancha qilsangiz shuncha evaziga savob olasiz. Ehson qilib o‘zingizga ishlatgani birovlardan qarz oladigan holatga tushib qolmasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 225 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar