Adolatsizlik qilinganda unga qarshi chiqish hasadga kiradimi?
Assalomu alaykum! Ustozlar Sizlarning qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman. Men bir davlat idorasida ishlayman. Bizda har chorak yakunlari bo‘yicha mukofot puli beriladi, ammo ushbu mukofot puli miqdori rahbariyat tomonidan ishdagi natijalarga ko‘ra amal maoshining 100 foizi yoki 75 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda jamoaning yarim xodimlari amal maoshining 100 foiz qolgan yarmi 75 foiz miqdorida olishadi. Ayrim vaqtlarda ushbu mukofot puli miqdorini belgilashda boshliqlar tomonidan adolatsizlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Ya’ni ayrim bir shaxslar ishga bo‘lgan munosabati yomon bo‘lsa ham ular 100 foiz olishmoqda. Shunda ishdagi natijalari yaxshi bo‘lsa ham 75 foiz olgan xodimlar norozi bo‘lishadi. Ushbu holat 75 foiz olgan shaxslar 100 foiz olgan shaxslarga nisbatan hasad qilgan bo‘lmaydimi? Kam miqdorda olgan xodimlar hamma xodimlardan emas, balki ishdagi natijalari yuqori bo‘lmagan va mas’uliyatsiz yondoshgan, lekin boshliqlarning erkatoylari bo‘lganlari uchun 100 foiz miqdorda mukofot olganlaridan xafa bo‘lishadi. Shu hasadga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu hasad emas, balki adolatsizlikka rozi bo‘lmaslik hisoblanadi. Alloh taolo “Oli Imron” surasida : وَاللّهُ لاَ يُحِبُّ الظَّالِمِينَ Va Alloh zolimlarni sevmas – degan. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:09 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar