Ishxonadagi vazifam

Assalomu alaykum! Men tekstil sohasida navbatchi elektrik bo‘lib ishlayman, vazifamda javobgarliklar bor. Butun zavodda muammo chiqganda har qanday qurulmani ishga tushirib yuborib unumdorlikni kamaytirmaslikga harakat qilish, ba’zan shunday holatlar bo‘ladi oylab mashinkalarda  zamonaviy bo‘lgani sabab nosozlik chiqmaydi oylab bekor o‘tiramiz. Shitlarimzi changini artamiz, tozaligiga qaraymiz, o‘zimizga tegishli bo‘lmagan ishlarda bekor vaqt ishchilarga ham yordam berib turamiz. Telefon titkilaymiz bazan tungi smenalarda bir oz uxlab olamiz yoki nafl namoz o‘qiymiz, raqamimizni bilishadi, o‘zlari tel qilib chaqirishadi. Shunday holatlarda ham biz qolgan ishchilarga qaraganda ko‘p maosh olamiz shu oyligimiz ko‘pligi qilayotgan ishimiz rizqimizga baraka berarmikan deb o‘ylab qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zimmangizdagi vazifalarni to‘la-to‘kis ado qilayotgan bo‘lsangiz, olgan maoshingiz halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:49 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar