Xizmat haqini to‘lab beruvchi kompaniya

Assalomu alaykum! Yuk tashish kompaniyasiga buyurtma bergan mijozlar xizmat haqini kechiktirib har 3 yo 6 oyla to‘lab beradi. Agar pulni bir haftada olmoqchi bo‘lsak shunday kompaniyalar bor, to‘lab beradi va buyurtmachini pul berishini kutadi lekin 2foiz xizmat haqini bizning kompaniyadan oladi. Agar biz xizmat haqimizni tezroq olish uchun shu kompaniya xizmatidan foydalansak ribo bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Puldan qarz berib qaytarib olishda ustamasi bilan olinadigan har qanday amaliyot ribo hisoblanadi. Bu amaliyot “qarzlarni sotib olish” deb ataladi. Ya’ni qarzlarni egalaridan qarzning qiymatdan kamroqqa vaqtidan oldin sotib olish bo‘lib, bu harom qilingan rabaviy shartnomalardan hisoblanadi. Bunda shartnomada ikki xil ribo bir bo‘lib, biri fazl ribosi, ikkinchisi nasiya ribosidir. Fazl(ortiqcha) ribosi – qarzni sotib olingan mablag‘dan ko‘ra qarzning miqdori ortiqcha bo‘ladi. Nasiya ribosi qarzning mablag‘ning olish muddati kechiggani uchun bo‘ladi. Shuningdek bu erda amaliyotni harom qiluvchi yana bir illat bo‘lib, u “g‘arar” ya’ni qarzni undirish aniq bo‘lmaganligidir. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ بَيْعِ الْحَصَاةِ وَعَنْ بَيْعِ الْغَرَرِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ الْبُخَارِيَّAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam tosh otish savdosidan va “g‘arar” savdosidan qaytardilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:49 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar