Kilogram va litr haqida

Assalomu alaykum! Meni ish faoliyatimda kilogram va litrni o‘lchab tekshirib nazorat qilib turish, yani me’yorida quyishni, davlat tomonidan nazorat qilish. Bunga ko‘ra kilogramga ham litrga ham, davlat tomonidan me’yor chegarasi mavjud, yani qanchadur hatolikka ruhsat etilgan, ( 30 000 kg da +/- 30 kg. 50 litrda esa +/- 0.2%). Shunda men tekshirib, shu chegaradan o‘tmagan bo‘lsa ishlatishga ruhsat beraman. Agar noto‘g‘ri ko‘rsatsa yaroqsiz qilaman, ishlatish mumkin emas. Savolim yuqoridagi ruhsat etilgan hatoliklar men uchun va sotuvchilar uchun  gunoh emasmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu masalada davlat tomonidan belgilangan me’yorlardan tashqariga chiqmaslik kerak. Biz shu sohani mutaxassisidan so‘raganimizda, bu ob-havo va iqlimni hisobidan bo‘ladi, shuning uchun davlat  bu borada qat’iy me’yor belgilab qo‘ygan dedi. Imkon boricha to‘g‘rilab berishga harakat qilish kerak. Lekin kilolab va litrlab sotuvchilar “Bizlarni ham harajatimiz bor” deb o‘sha harajatni xalqqa sochib yuborish xalqimizning haqini eyish hisoblanadi. Qiyomat kuni Allohning nazdida zarraning zarrasining zarrasi ham e’tiborsiz qolmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 15:32 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar