Kelinlar uydan ruxsatsiz narsalarni berishi
Assalomu alaykum! 1. Kelin uy egalaridan so‘ramasdan onasiyu boshqa qarindoshlariga har xil taom mahsulotlarini berib yuborishi joizmi? Uy egalari so‘ramay qilganidan norozi bo‘ladigan holatda. 2. Kelin faqat sigir sog‘ib sut mahsulotlarini tayyarlasayu lekin uning emishi va emiga zarracha ham mablag‘ sarflamasa bunday kelinniyam uy egalari ruxsatisiz sut va sut mahsulotlarini o‘z onasi ro‘zg‘origa berib yuborishi joizmi? Bunda ham uy egalari norozi bo‘lishsa. 3.Uy egalaridan yashirincha berib yuborgani uchun kelin o‘g‘irlik qilgan hukmida bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kelin uydagi narsalardan so‘ramasdan o‘z ota-onasiga berib yuborishi joiz emas. So‘rash kerak. O‘zining nafaqasi uchun berilgan narsalarni tasarrufi o‘zining haqqi. Xohlaganini qilish mumkin.2). Molga qarab uni parvarish qilgani miqdoricha haqqi bo‘ladi.3). O‘zining mulki bo‘lmagan narsani egasidan so‘ramasdan berishi o‘g‘irlik hisoblanadi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 02:00 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush