Xarom luqmadan qutulish

Assalamu alaykum Bolani yoshligida uni boquvchilar xarom luqmalar bilan boqishgan bo‘lsa bu luqmalar unga salbiy tasir qiladimi (Tafsilotini keltirishni istamadim) meni ham to tug‘ilishimdan 16 17yoshimgacha xarom aralash luqma bilan boqishgan ekan. Mana 2 3yildan ibodatga kirganman. Qalbni, nafsni poklash, tazkiya borasida ko‘p o‘qiyapman, eshityapman ammo baribir bo‘lmayapti.bunga shu avvalgi egan xarom luqmalar sababmikan deb o‘ylab qoldim. U luqmalar zararlaridan qanday qutulsam bo‘ladi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga edirilgan halolmas luqmalar uchun siz mas’ul emassiz. Ko‘proq ro‘za tuting. Yaxshi amallarda bardavom bo‘ling. Allohga taqvo qiling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:22 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar