Sigirning go‘shti

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz bir xadislarida sigirning suti shifo, yog‘i davo go‘shti esa kasallik degan ekanlar. Bu xadis saxixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu ma’noda hadis mavjud. Lekin uning sanadi sahih emas. Ba’zi ahli ilmlar bu hadisdagi sigirdan murod Hijoz erlaridagi sigirlardir deydi. Xijoz erlari quruq bo‘lgani uchun sigirlariging go‘shti ham quruq va zararli bo‘lishi mumkin ekan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 03:06 | Savol-javoblar | 150 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar