Bomdodni va xuftonni bir shaharni vaqtida o‘qiladimi

Assalomu alaykum! Kecha yakshanba kuni bomdod, peshin, asr namozlarini o‘qib yo‘lga chiqdim bugun ertalab uyga Buxoroga keldim. Toshkentdan 21 min keyin buyoqda quyosh chiqishini bilaman. Kelganimda toshkentdagi bomdod vaqti bo‘lmagandi shunga xuftonni farzi, sunnati va shomni farzini qazosini o‘qib oldim. Lekin vitrni 3-rakatini o‘qiyotganimda telfonimda azon aytildi(toshkentdagi vaqtga programmalashtirilgan). Vitrni niyatida qazoni o‘qishga niyat qilmagandim shu o‘qiganim durustmi yoki boshqattan qazosi deb niyat qilib o‘qishim kerakmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Durust. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 08:47 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar