Qazo namozini o‘qishga niyat

Assalomu alaykum! Sizlardek odamlarning boriga shukr. Savolim shuki, bir ma’ruzada (Fozil qori Sobirov) namozga niyatni tahorat qilgan paytingizdayoq Alloh biladi, niyat shart emas, hadislarda ham bunday narsa yo‘q, zamonlar davomida qo‘shilib borgan, dedilar. Agar men qazo namozini 4 rakaatdan "Qiblaga qarab 4 rakaat qazo namozini xolis Alloh uchun o‘qishni niyat qildim" deb o‘qisam, shunda faqat peshin yoki asrga boshqa namozlarimga ham vitrdan tashqari shom bomdodga ham o‘tadimi? Misol, men har jumaga borganimda boshlanishidan oldin 4 rakaat o‘qib olsam, bir marta o‘qiganim bitta namozga o‘tadimi? Faqat peshinga o‘tsa peshinning qazosi tugasayu men 4 rakaat o‘qiyversam asrga keyin bomdod keyin shomga o‘tadimi? Vitrga esa alohida o‘qiyman, zam suradan so‘ng quloq qoqiladi-ku? Bilimsizlik qilgan bo‘lsam uzr. Javob uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qazo namozlarga qaysi namozni o‘qiyotganligini tayin qilishi shart. Masalan, peshinning qazosini o‘qiyotgan bo‘lsangiz “Eng oxirgi qoldirgan peshinning qazosini o‘qishni niyat qildim” deb niyat qilasiz. Boshqa namoz boshqa namozning o‘rniga o‘tmaydi. Farz namozlarini qaysiligini niyat qilinsa, namoz joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:45 | Savol-javoblar | 143 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar