Ishonsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! "Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumadan “Vasoil”ning 471-sahifasida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: - “Qaysi bir mo‘minki, juma kechasida ikki rakat namoz o‘qisa va har bir rakatida Fotiha surasidan keyin 25-martadan “Qul huvallohu ahad”ni o‘qib, uning ortidan ming marta “Sollallohu ʼala Muhammadin an-Nabiyyil-ummiy”, deb salovat aytsa, keyingi jumagacha albatta meni tushida ko‘radi. Va kim meni ko‘rsa, Alloh uning gunohlarini mag‘firat qiladi” - dedilar." Shu amal rostdan ham dinda bormi? Ya’ni demoqchimanki bir telegram kanalidan kelib qoldi ishonchlikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kimnidir tajribasi bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 03:17 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar