O‘qishda peshin bilan asrga vaqt bo‘lmasa
Assalomu alaykum! Men namozni boshlaganimga Alxamdulillax 2oy bo‘ladi. Men ta’tilda o‘qib boshlagandim. Oldin o‘qishimiz 1-smenada edi. Xozir o‘qish 6-sentabrdan 2-smenaga ko‘chibdi soat 13:00ga. Soat 13:00 da kirgannan to asr vaqti o‘tib ketgunicha o‘qishda bo‘lamiz. Uyga borguncha 1 yarim soatsiz bora olmayman chunki boshqa shaxardan qatnayman kunda. Nima qilsam bo‘ladi. O‘qituvchilarga aytib biroz vaqtga darsni tark etib o‘qiy desam, yaqinda ustozimiz din, namoz xaqida gapirgan edi qani kim 5 vaqt namoz o‘qiydi deb so‘raganlarida fakultetimiz bo‘ylab xech kim indamadi, xech kim o‘qimas ekan. Shunda ustozimiz "to‘g‘ri qilasiz, xali vaqt ko‘p, xozr o‘qishingizga ulgurmaysiz, qariganda o‘qiyverasz" - dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda toshkent vaqti bilan peshin vaqti 12:22da kirmoqda. Vaqti kirishi bilan siz o‘qib olib maktabga ketishingiz mumkin. 17:00dan 19:00gacha asrni ham o‘qishingiz mumkin. Namozlarni qoldirmang. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 03:17 | Savol-javoblar | 156 | Islam