dispetcherlik va apdeyterlik kasbi halolmi?
Assalomu alaykum! Man hozir logistika bo‘yicha kurs o‘qidim. Hozirda bu kasb O‘zbekistonda ancha ommalashvotti. Ya’ni bunda O‘zbekistondan turib Amerika bilan ishlab, fura haydovchilariga yuk olib berib dispetcherlik qilinadi 1-savolim: shu yukni olayotganda fura haydovchilari turi 2 xil bo‘ladi. 1-jamoaviy, 2-yakka. Ya’ni jamoada 2 inson furani haydab ketadi. Biri dam olganda ikkinchisi haydaydi. Ular to‘xtamaydi. Shu sababli ularga uzoq masofalarga yuk beriladi. Ularni etkazib olib borish vaqti ham to‘xtamasdan olib borilgani uchun kam beriladi. Yakka haydaydiganlarga esa kamroq masofa beriladi va vaqti ham bemalol o‘rtada to‘xtab dam olib yukni olib borib berishga etarli bo‘ladi. Shu holatda yuk beruvchilar, dispetcherdan haydovchi turini so‘raydi, agar yuk beruvchiga jamoa kerak bo‘lsa ular jamoa bormi deydi. Shu holatda dispetcherlar aslida jamoa haydovchisi bo‘lmasa ham ha bor deb etadi. Sababi ko‘plab haydovchilar kam masofaga yuk olishni hoxlashmaydi, sababi kam masofa - kam pul. Shu sababli ular dispetcherga "manga jamoa uchun mo‘ljallangan yukni olib ber, kam bo‘lsa yurmayman" deb shart qo‘yadi. Ko‘plab haydovchilar deyarli jamoa yukini bajara oladi (100% bajara olmidi baribir) ammo baribir yo‘lda bir martta bo‘lsa ham to‘xtab 4-5 soatga uxlab olishadi va yukni ko‘p holatda belgilangan vaqtga taqab yoki bir necha soatga kechiktirib olib borishadi. Agar yuk beruvchilarga jamoa kerak bo‘lsa ammo dispetcherda yakka haydovchi bo‘lsa va dispetcher ularga yakka haydovchimiz bor va u jamoa yukini bajara oladi deb etsa ham yuk beruvchilarga jamoa kerak bo‘lgani uchun ular rozi bo‘lmaydi. Shu holatda dispetcher yuk beruvchiga aslida jamoa haydovchisi bo‘lmasa ham, "ha jamoa haydovchilarimiz bor deyishi mumkinmi?" 2-savolim: Misol uchun huddi shunday jamoa uchun mo‘ljallangan yukni yakka haydovchiga olib berilgandan keyin uni yo‘l davomida masofadan turib kuzatib boruvchi kasb egasi bor. Ular apdeyter deyiladi. Ular yuk beruvchiga har soatda yuk qaerga kelgani, manzilga qancha qolgani haqida ma’lumot berib boradi. O‘z o‘zidan ko‘rinadiki yakka haydovchi jamoa yukini o‘z vaqtida olib borishi mushkul. Shu sababli ular tahminan 15-17 soat haydagandan keyin 4-5 soatga uxlashadi va fura to‘xtaydi. Vaholanki fura to‘xtamasligi kerak, sababi furani jamoa haydab ketayabdi degan ma’lumot berilgan. Ushbu vaqtda yuk beruvchiga apdeyter fura to‘xtagani haqida ma’lumot beradi lekin, haydovchi uxlash uchun to‘xtaganini emas, aksincha mashina buzulib qoldi, yo‘lda muammo chiqdi yoki shu kabi yolg‘on sabablar bilan yuk beruvchini chalg‘itadi va bu vaqtda haydovchi dam oladi. Apdeyterlar ham bu kabi yolg‘on ishlatishga majbur. Sababi dispetcherlar jamoa yukini yakka haydovchiga olib bergan. Yakka haydovchi esa o‘ta uzoq yo‘lda hech bo‘lmasa 3-4 soatga uxlab olmasa bo‘lmaydi. Aks holda yoki rulda uxlab qolib furani urib olishi va o‘lishi, yoki uxlamaslik uchun ko‘p miqdorda energetik ichimlik ichishi va buni ta’sirida yuragu bosimni ko‘tara olmay o‘lib qolishi mumkin. Shu sababli biz updaterlar haydovchilarni uxlatmaslikka haqqimiz yo‘q, agar mobodo majburlikdan uyg‘otsak va buni oqibatida haydovchi o‘ladigan bo‘lsa bunga biz updaterlar sababchi bo‘lamiz va albatta bu uchun butun umr vijdonimiz qiynaladi. Shu sababli yaxshilik uchun yolg‘on ishlatayabmiz deb ishlab kelayabmiz. Lekin bir tarafdan yolg‘on ishlatib, kasbimdan topadigan pulimga shubha aralashtirib qo‘yishdan qo‘rqaman. Ushbu holatda yolg‘on ishlatishimiz to‘g‘rimi, agar mumkin bo‘lmasa nima qilishni tavsiya berasiz? Javob uchun rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on har erda harom. Musulmon kishi yolg‘on gapirmaydi. Ayniqsa g‘ayridinlar bilan bo‘lgan muomalada bunga qattiq e’tibor berishi lozim. Sizlar tufayli ular orasida musulmonlar yolg‘onchi degan nom tarqalsa dinga zarar bergan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 03:39 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on har erda harom. Musulmon kishi yolg‘on gapirmaydi. Ayniqsa g‘ayridinlar bilan bo‘lgan muomalada bunga qattiq e’tibor berishi lozim. Sizlar tufayli ular orasida musulmonlar yolg‘onchi degan nom tarqalsa dinga zarar bergan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 03:39 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar