Ro‘zadorligimizni mijozlar tushunishmasa
Assalomu alaykum! Biz Avtoelektrik kuzov ustalari savol bermoqchimiz. 1. Besh vaqt ibodatdamiz. Masjidimiz 2 km uzoqlikda. Ba’zida klientlarimiz namoz o‘qishga ketsak xafa bo‘lishmoqda. Biznes xojatmandni vaqtiga xiyonat qilmayapmizmi? 2. Ramazon oyida ro‘za tutyapmiz. Ba’zan xojatmandni ishini tashlab iftorlikka kirib ketishimizga to‘g‘ri keladi. Kecha bir yoshi keksa kishi juda qattiq xafa bo‘lib, so‘kib ketdi. “Nogironman, senlarda insof bormi? Ro‘zadorligini minnat qilyapsanlar”, deb qattiq so‘kib tashladi. Biz bu gaplarga chidolmay ranjitib qo‘ydik. Shunaqa vaziyatlarda qanday yo‘l tutganimiz ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kelishishdan oldin namozga borishingizni va iftor qilishingizni aytib ta’kidlab qo‘yinglar. Namozga yoki iftorga borishlaringiz hech qanday holatda ham xiyonat emas. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 178 | Ro‘za