Abdushukur ismi

Assalomu alaykum! Bir tanishimning ismi Abdushukur. Men u bolani Shukur yoki Shukrullo deb chaqiraman. Allohning shukur degan sifati yo‘q, shunga bu ism senga to‘g‘ri emas deyman. U yigit boshqalarga o‘zini Shukur yoki Shukrullo deb tanishtirsa bo‘ladimi yoki Abdushukur ismida hech qanday karohiyat yo‘qmi? Iltimos shu borada maslaxat bersangiz? Javobingiz uchun oldindan ming tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taoloning “Shakuur” sifati bor. Alloh taolo “Fatir” surasida : إِنَّهُ غَفُورٌ شَكُورٌ۝ 30. Albatta, U o‘ta mag‘firatlidir, ko‘p savob beruvchidir. إِنَّ رَبَّنَا لَغَفُورٌ شَكُورٌ۝ 34. Ular: «Bizdan mahzunlikni ketkazgan Allohga hamd bo‘lsin. Albatta, Robbimiz o‘ta mag‘firatlidir, ko‘p savob beruvchidir», – dedilar. deb marhamat qilgan. Shuning uchun Abdushukur emas, Abdushshakur desa to‘g‘ri bo‘ladi. Forscha qilib Abdishakuur desa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar