Taxoratni buzuvchilar bo‘limidan savol

Assalomu alaykum! Kifoya kitobi taxoratni buzuvchilar bo‘limida uyat joylarni kiyimsiz xolda bir biriga tegishi xam sanalgan ekan. Bu o‘rinda agar o‘sha joylar bir biriga tekkanda er yoki ayoldan xech narsa (maziy yoki maniy...) Chiqmasa xam taxorat buziladimi yoki faqat tekkanda nimadir chiqsami
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erkakning qo‘zg‘algan holatdagi jinsiy a’zosi ayolning jinsiy a’zosiga tegsa, garchi biror narsa chiqmasa ham tahorat sinadi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:01 | Savol-javoblar | 182 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar