Oq ko‘ylak (Fata)
Assalomu alaykum! 4-sinfligimda bituruv kechasida hamma qizlar oq ko‘ylak(fata) kiyishgan, lekin mening dadam rozi bo‘lmagan.Men buni tshunmaganman va tihirlik qilib onamga oq ko‘ylak olib bering deb oyoq tirab olganman. Chunki hamma qizlardan ajralib qolishni istamaganman. Onam ham mening xafa bo‘lganimni ko‘rib noiloj engi uzun, bamani oq ko‘ylak olib kelganlar. Dadam ishdan kelgach oq ko‘ylakni ko‘rib, hattoki xolamning oldida rossa asabiylashib baqirganlar. O‘shanda men oq ko‘ylakni kiyib ko‘rayotgan edim. Otamni bu ahvolda 1-marta ko‘rishim edi. Tabiiyki oyoq qo‘lim titrab muzlab qolganman qo‘rqqanimdan.Bitiruv kechasida ustozim ham kiy degan, meni ham judayam kiygim kelgan. Chunki hamma qizlar oq ko‘ylak kiygan va dadam bitiruv kechasiga kelmagan va oq ko‘ylakni kiyganman. Lekin afsus chekkanman. otamning baqirganlari hech o‘z o‘ngimdan ketmagan. Otamnining aytishicha qiz bola oq ko‘ylak kiysa (to‘yida ham) do‘zax olovida kuyar ekan. Odatda o‘zbek qizlari to‘ylarida oq ko‘ylak kiyib to‘yxonada to‘yi tugaginicha o‘tirishadi. Otamning aytishiga qaraganda bu xato ekan. Bunday qilib bo‘lmas ekan. Lekin men hijobli qizlarni to‘ylarida oq ko‘ylak kiyishganini ko‘rganman.1-savolim onam va men gunoh ish qilmadikmi? 2-savolim Otamning gaplari haqiqatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kelinlar o‘sha ko‘rinishdagi oq ko‘ylakni kiyishligi nasoro yoki yaxudiylikdan kirib kelgan ish. Ya’ni o‘shalarni kelinchaklari nikoh vaqtida o‘shanday ko‘rinishda ko‘ylak kiyganlariga musulmonlar undan saqlanadilar. Hadislarda majusiy, nasoro va yaxudlarni qilganini xilofini qilishga buyurilganmiz. Bu ishni tushunmay qilganlaringiz uchun gunohkor bo‘lmasanglar ham, er va otaga itoat qilmaganlaringiz uchun gunohkor bo‘lasizlar. Tavba qilib, otangizdan uzr so‘rab qo‘yinglar.2). Otangizning bu gaplari biz aytgan ma’noda bo‘lsa, to‘g‘ri. Lekin boshqa qavmlarga o‘xshamasdan oq ko‘ylak kiysa, zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 196 | Turli savollar