Umumiy platformada ishlash mumkinmi?
Assalomu alaykum! Biz dasturlash sohasida ishlimiz. Asosan chet el firmalariga xizmat ko‘rsatamiz. Bir Proektimiz bor. Shu proekt asosan turli soha vakillarini ya’ni professional xodimlarni topishga yordam beradigan platforma. Egasi Amerikalik. Gap shundaki hozirgi vaqtda platformaning faqat sug‘urtachi mutaxassislarni qidiruvchi qismi ishga tushdi xolos. Platformaning qolgan qismlari, ya’ni boshqa soha vakillarini ham qidirish imkoniyati vaqt o‘tishi bilan ishga tushishi rejada bor. Savolimiz shundan iboratkiy bu proektdan ishlab topadigan pullarimiz halol bo‘ladimi? Sababi homiy ishni sug‘urta yo‘nalishidan boshladi. Dasturni rovojlantirishimizga qarab boshqa sohalarni ham qo‘shmoqchi. Qanday yo‘l tutsak to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islomda, “Dinda yaxshilikda hamkor bo‘linglar, yomonlik va gunohda hamkor bo‘lmanglar” degan qoida aytilgan. Har bir inson o‘z ishini shunga solib ko‘rishi kerak. Ishlab chiqariladigan narsalar uch turga bo‘linadi. Faqat gunoh uchun ishlab chiqariladiganlar, faqat yaxshilik uchun ishlab chiqariladiganlar va umumiy maqsadda ishlab chiqariladiganlar. Ammo kimdir ularni yaxshi maqsadda va kimdir uni yomon maqsadda ishlatadi. Masalan oddiy pichoq. Kimdir undan oshxonalarda yaxshi ishlarga foydalanadi. Kimdir u bilan jinoyat sodir qiladi. Hozirgi kundagi telefon, radio, internet kabilar ham xuddi shunday. Sizni narsangizni ham kimlardir yaxshi maqsadda va kimlardir yomon maqsadda ham foydalanadigan bo‘lib, yuqoridagiga tushsa qilish joiz. Yomon maqsadda foydalanishini ochiq-oydin aytsa unga bu narsani qilib berishingiz joiz emas. Bu xuddi bilib turib qotilga pichoq yasab bergandek bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 04:12 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom