Dinga shubhalangan tanishim

Assalomu alaykum! Bir tanishim bor, u yaxshi inson lekin xozirgi kunda qandaydir ta’sirlar ostida tushunchasi o‘zgarib “dinga ishonmayman, bo‘lmagan narsa” deb aytadi. Oldin islom dini farzlarini bajarib yurgan ota-onasi xam islom qoidalariga amal qilgan insonlar shu tanishimsha xar qancha nasixat qilsam xam “Tafsiri Hilol”dan yana boshqa manbalardan dalillar keltirib tushuntirsam xam fikrini o‘zgartirmayapti. Uni ko‘rib noto‘g‘ri yo‘lda ekanligini bilib qalbim og‘riyapti. Shu tanishimga qanday yordam bersam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday kishini biror olim insonning oldiga olib borish kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:01 | Savol-javoblar | 150 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar