Va’dani bajarish shartmi yoki shart emasmi?

Assalomu alaykum! Bir o‘ziga to‘q oilaning farzandi otasiga avtomashina olib bering dedi(17-yoshida). Otasi esa birinchi oliygoxga o‘qishga kirib ol keyin olib beraman dedi. Farzandi esa kollejni tamomlagach institutga birinchi yilni o‘zidayoq kirdi. Otasiga moshina olib bering desa otasi 1-kursni 4 va 5 baxolarga tamomlab ol keyin olib beraman dedi. Shunda o‘g‘li xarakat qilib 1-kursni 4-5 baxolarga tamomladi, ammo otasi xar xil baxonalar aytib olib bermayapti(uyda xattoki ortiqcha avtomobil xam turadi). Bu ota o‘z va’dasini bajarishga majburmi yoki bajarmasa xam bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ota bo‘lganingizda bilasiz. Sizga moshinani mindirib, o‘zi mixning ustida o‘tirgandek bo‘lishini bilganda tasavvur qilasiz. Siz ko‘chaga chiqib ketishingiz bilan ota-onangiz to‘lg‘oq tutib homilador bo‘lsa nechta tuqqan bo‘lishini o‘shanda tushunasiz. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 202 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar