Berilgan javobni to‘g‘ri tushundimmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar men sizlarga yaqinda peshobdan keyin keladigan suyuqlik haqida yozgan edim shu savolda (https://savollar.islom.uz/s/190629) sizlar "Peshobdan keyin keladigan suyuqlik agar otilib chiqmasa, g‘usl vojib bo‘lmaydi." deb javob bergan edingizlar. Men bu javobni shunday tushundim " Agar peshob qilganda keladigan suyuqlik uzi peshob qilmayotgan vaqtda otilib chiqsa g‘usl vojib bo‘ladi " deb chunki menda prostatik kasallik bor juda ko‘p vaqt kuchanib peshob qilaman shunda peshob tez chiqadi ya’ni otilib kuchanib peshob chiqarganim uchun shu peshobda oq suyuqlik ham buladi hidsiz shu vaqtda g‘usl vojib bo‘lmaydimi chunki qachonki peshob qilsam shu suyuqlik chiqadi men kuchanib peshobni chiqardim maniyni emasku to‘g‘rmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizda siydik bilan chiqayotgan suyuqlik vadiy deyiladi. Unda g‘usl vojib bo‘lmaydi.
«Maniy» – shahvat shiddatlashgan paytda lazzat bilan otilib chiqadigan suyuqlikdir.
Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sarg‘ish bo‘ladi.
«Maziy» – erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik.
«Vadiy» – bavl qilgandan keyin ba’zida ajraladigan quyuq oq suyuqlik.
Maziy yoki vadiy chiqqanidan g‘usl qilish yo‘q.
Maniy shahvat bilan otilib chiqsa, g‘usl vojib bo‘ladi.
Bunda boshqa jinsdagi shaxsga nazar solish, jinsiy yaqinlikni tafakkur qilish, bevosita quchoqlashish va shunga o‘xshash barcha omillar tufayli maniyning shahvat bilan otilib chiqishi nazarda tutiladi.
Ammo maniy shaxsning og‘ir narsa ko‘tarishi, baland joydan yiqilib tushishi kabi omillar tufayli shahvatsiz ravishda chiqsa, g‘usl vojib bo‘lmaydi.
Hanafiy mazhabi ijtihodiga binoan, er va ayol kishidan, xoh uyquda bo‘lsin, xoh uyg‘oqlikda bo‘lsin, maniy shahvat bilan otilib chiqqandagina, g‘usl vojib bo‘ladi.
Birov mastlik yoki hushidan ketishdan so‘ng o‘ziga kelganida ho‘llikni ko‘rib, maniy deb gumon qilsa, g‘usl vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:23 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar