Ish o‘rgatib evaz olish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men chet davlatda savdo qilaman. Asosan sut mahsulotlarini sotardim, hozir boshqa yo‘nalishda savdo qilyapman. Menga sut mahsulotlarini chiqarib berib yurgan hamshaharim o‘zing ishlamasang menga o‘rgat, qanday qilib olib borishni, qanchadan sotishni va qaerga sotishni xullas barcha sir sinoatlarini o‘rgat deyapti va ish o‘rgatganing uchun seni rozi qilaman deyapti. Hurmatli ustozlar men shu insonga ishni o‘rgatib evaziga pul olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ta’lim uchun ma’lum haqni bir marta olishingiz joiz. Doim ulush olib turishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:42 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom