Ibodatlarga rag‘bat
Assalomu alaykum! Bir savol javobda keyingi namozlarni o‘qishinggizga rag‘bat bo‘layotgani namozinggiz qabul bo‘layotganidan darak mazmunidagi javobni o‘qigandim. Buni men uchun ham deb tushunsam bo‘ladimi chunki namozing qabul bo‘lmayapti degan o‘y hali hamon bor. Iloji boricha ko‘p yillik qazo namozlarim ni ham o‘qiyapman. Nafl namozlarni ham o‘qish istagi yo‘q emas. Imkon borida zuho namozini o‘qiyapman lekin davomlimas. Bamdoddan oldinroq qazolarni ketma ketlikda o‘qiyapman. Hammasini o‘qivolay kun bo‘yi vaqtim bo‘lmasligi mumkin yosh bo‘lam bor deb ketma ket qazo namozlarimni bor kunligini o‘qiyapman sajdada uzoq qolmay subhana robbiyal a’la deyishim bilan bosh ko‘taraman shungami shoshib o‘qiyotganday bo‘laveraman lekin iloji boricha xotirjam o‘qishga harakat qilaman. Baribir xayolimda shu narsa. Menga taskin beradigan birorta hadismi ayting. Ko‘nglim xotirjam bo‘lsin. Xuddi hadisda kelgan 40 yil qarg‘a don cho‘qigani kabi namoz o‘qigan kishidek bo‘laveraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bu shaytonning vasvasalariga e’tibor bermang. Sizni shunday vasvasa qilib, namozlardan mahrum qilmoqchi. In sha Alloh namozlaringiz qabul bo‘ladi. Iloji boricha shoshilmay, xotirjam o‘qishga harakat qiling. Imkon darajasida o‘qing. Nafllarning o‘rniga ham ularning vaqtida qazolarni o‘qing. Ham qazo namoz ado bo‘ladi, ham Allohning marhamati ila naflning savobini olasiz. Chunki namozlar gunohlarni yuvilishiga sabab bo‘ladi. Hadisi sharifda shunday deyiladi: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَرَأَيْتُمْ لَوْ أَنَّ نَهَرًا بِبَابِ أَحَدِكُمْ يَغْتَسِلُ مِنْهُ كُلَّ يَوْمٍ خَمْسَ مَرَّاتٍ هَلْ يَبْقَى مِنْ دَرَنِهِ شَيْءٌ قَالُوا: لاَ يَبْقَى مِنْ دَرَنِهِ شَيْءٌ قَالَ: فَذَلِكَ مَثَلُ الصَّلَوَاتِ الْخَمْسِ يَمْحُو اللهُ بِهِنَّ الْخَطَايَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ أَبَا دَاوُدَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Aytinglar-chi, agar biringizning eshigi oldida anhor bo‘lsa, u o‘shanda har kuni besh marta yuvinib tursa, uning kiridan biror narsa qoladimi?» dedilar.
«Uning kiridan hech narsa qolmaydi», deyishdi.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Ana shunga o‘xshab, Alloh besh vaqt namoz ila xatolarni yuvadi», dedilar».
Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.
Sharh: Hadisi sharifdan namozning fazilati va gunohlarning yuvilishi bobida tutgan o‘rni yaqqol ayon bo‘lmoqda. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu ma’noni yaxshiroq tushuntirish uchun misol keltirlar.
Birovning eshigi oldidan anhor oqib tursayu, u odam o‘sha anhordan har kuni besh mahal yuvinib tursa, kir qolmaganidek, har kuni besh marta namoz o‘qigan odamning gunohlari yuvilib, unda gunoh ham qolmaydi.
Kim bir vaqt namozni o‘qimasa, uning gunohlaridan bir qismi to‘kilmay, badanida kir qoladi. Ikki vaqtni o‘qimasa, yana ham ko‘proq qoladi va hokazo. Bir kungi namozlarini o‘qimasa, anchagina kir to‘planadi. Bir hafta o‘qimasa, bir oy o‘qimasa, bir yil o‘qimasa nima bo‘lishi ma’lum. Bir umr o‘qimaganlar esa, bir umr yuvinmagan odamdan ko‘ra bir necha milyon marta jirkanch holga keladi. Chunki badan kiri moddiy kir. Namoz o‘qimaganning kiri esa ma’naviy ruhiy kirdir.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Shar’iy masalalarni tushuntirish uchun shunday yorqin misollar keltirish yaxshiligi.
2. Namozning o‘ta fazilatli ekanligi.
3. Namoz tufayli bandaning gunohlari yuvilishi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 05:16 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar