Iftorlikka borish

Assalomu alaykum! Gunoh ishlarni (masalan aroq ichuvchi, nos chekuvchi, namoz o‘qimaydigan, plastik bilan savdo qilganda 10 foiz ustama haq oluvchi savdogar, karta o‘ynovchi) qiluvchi odamlarni uyiga ramazon oyida iftorlikka chaqirsa, ro‘zador kishi borish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن الحسن بن علي رضي الله عنهما قال : " حفظت من رسول الله ص صلي الله عليه وسلم : دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ  رواه النسائي Hasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubhasizini ixtiyor qilgin. Chunki sidq, hotirjamlik. Kizb esa shak-shubhadir” deganlarini eslab qolganman". Nasaiy rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:26 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar