Bemorlikda Qiblaga qarash

Assalomu alaykum! Bemorligim sabab bir joyda yotib qoganman turishga bazan kuchim etadi bazan turishga imkoniyat bo‘lmedi. Yani tursam oyog‘im bossam tutqanoq bo‘lishi mumkin. Boshimni qiblaga uzatilgan xolatda yotaman yani oyog‘im qiblaga qarama qarshi tarafga uzatib. Savolim shundan iboratki uzrli xolat bo‘lgani uchun qiblaga qarama qarshi tarafga yuzimni qaratib o‘qisamam bo‘ladimi yoki joyimni o‘zgartirib oyog‘imni doim qiblaga uzatib yuzimni qaratib olaymi? Bizni mazxabda qiblaga yuzni qaratish farz ekan, lekin qiblaga oyoq uzatib yotish ham odobszlik ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bemorligingiz uchun namozlarni qiblaga oyoq uzatib  o‘qiyvering. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:27 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar